← Katalogga qaytish
BIO Akuliy Xryash 5+5
Bo'g'imlar va suyaklar

BIO Akuliy Xryash 5+5

SKU: XOS-004 · Капсулы · 40 dona · Kurs 30 kun

Предназначена для поддержки суставов, костной и соединительной ткани, а также восстановления опорно-двигательного аппарата.

World Halal Trust ISO 22000 FSSC 22000 ⭐ Bestseller

Tavsif

BIO Akuliy Xryash 5+5 (®) ning farmakologik ta’siri uning tarkibidagi aktiv moddalar – I-, II- tip kollagen, maral shoxlari ekstrakti va askorbin kislotasi bilan bog`liqdir.
Gidrolizlangan kollagen – organizmdagi butun oqsillarning uchdan bir qismini tashkil etadi. Suyaklar, tog’aylar, paylar, teri va qon-tomirlarning asosiy tarkibiy qismi kollagendan iborat. Kollagen tabiiy holatda 3 karra bir-biriga o’ralgan tolali oqsil bo’lib, maxsus gidrolizlash orqali kollagen tolalari bir-biridan ajratilgan. Chunki aynan gidrolizlangan kollagen organizmda oson va yengil o’zlashtiriladi. Kollagenni organizm to’qimalarida bir nechta tiplari mavjud, shulardan aynan I-, va II- tiplari BIO Akuliy Xryash® tarkibida jamlangan.
I-tip kollagen – organizmdagi barcha kollagenni 75-80%ini tashkil qiladi. I-tip kollagen juda mustahkam elastik tola bo’lib u teri, suyaklar, paylar va boylamlar qurilishida ishtirok etadi. I-tip kollagen shikastlangan teri, suyak yoki boshqa to’qimalarning qayta tiklanishini taminlaydi. Organizmning regeneratsya qobiliyatini oshirib, yara va jarohatlarni bitishini tezlashtiradi.
II-tip kollagen – bo’g’imlar va umurtqalardagi tog’ay to’qimasining asosiy qurilish oqsili hisoblanadi, bo’g’im tog’ayining 85-90% ini tashkil qiladi. II-tip kollagen umurtqalararo joylashgan tog’ay xalqalarini mustahkamligini oshirishi evaziga, osteoxondrozni davolashda va oldini olishda juda muhim o’rin tutadi. Shuningdek shikastlangan bo’g’im tog`aylarini qayta tiklanishida ham qatnashadi. II-tip kollagen oshqozon-ichak tizimiga tushgach mayda fragmentlarga (oligopeptidlargacha) parchalanadi va shu ko`rinishda qon orqali shikastlangan tog’ayga yetkaziladi. Tog`ay to`qimasi tiklanishi quyidagicha amalga oshadi: kollagen hosil bo’lishi va parchalanish jarayonlari orasidagi muvozat tiklanib, qayta-aloqa mexanizmi ishga tushadi. Bunda II-tip kollagen oligopeptidlari tog’ay to’qimasining yosh hujayralarini (xondroblastlarni) ta’sirlantirib, to’qimada xususiy kollagen ishlab chiqarilishini tezlashtiradi.
Maral shoxlari ekstrakti - tarkibi suyak to'qimasi, bo'g'imlar, paylar va boylamlar va biriktiruvchi to'qimalarni qurilishi uchun mutlaqo zarur bo'lgan kalsiy, fosfor va boshqa ko’pgina mikroelementlarni o'z ichiga oladi. Panti maral ko'p asrlar davomida osteoporoz, suyak sinishi, artroz va artritning oldini olishda ishlatilgan. Maral pantalari suyak to'qimalarida kalsiy miqdorini oshiradi va shikastlangan to’qima tiklanishiga yordam beradi. Panti maral og’riq qoldiruvchi xususiyatga ham ega bo’lib umurtqa pog'onasi, radikulitlar, mushak va bo'g'imlardagi og'riqlarni kamaytiradi. Panti maralning og’riq qoldiruvchi ta'siri uning yallig'lanishga qarshi ta’sir qilish qobiliyati bilan bog'liq, shu bilan birga panti maral organizmda ishlab chiqariladigan morfinga o'xshash moddalar - endogen opioid peptidlarning hosil bo’lishini rag'batlantiradi.
Askorbin kislotasi – vitamin C, organizmda ko’plab vazifalarni bajaruvchi suvda eriydigan vitamin. Askorbin kislotasi tog’ay to’qimasining xususiy kollagen va gialuron ishlab chiqarishini kuchaytiradi.

Tarkib

Гидролизованный коллаген — 200 мг
(25% тип I, 65% тип II)
Панты марала — 200 мг
Аскорбиновая кислота — 50 мг
Вспомогательные вещества: желатин, МКЦ, кальция стеарат.

Qo'llash usuli

Sxema bo’yicha 1+1 kapsuladan 2 maxal, ovqatlanishdan oldin yoki ovqat bilan birga 3 oy davomida. Homiladorlik va laktatsiya davrida qat’iy shifokor ko’rsatmasiga binoan qo’llanilsin. Qabul qilish muddati kasallikning turiga qarab 3 oydan 1 yilgacha. 12 yoshdan kichik bolalarga shifokor ko’rsatmasi bilan 1 kapsuladan 2 maxal, ertalab kapsula №2 kechga kapsula № 1 ovqatlanishdan oldin yoki ovqat bilan birga 3 oy davomida. Muolaja kursini takrorlash uchun shifokor bilan maslaxatlashilsin.

Qarshi ko'rsatmalar

vosita tarkibidagi moddalarga individual yuqori sezuvchanlikda.

O'xshash preparatlar