← Katalogga qaytish
Antifaringit
LOR va nafas

Antifaringit

SKU: XOS-008 · Спрей · 70 ml · Kurs 30 kun

Обладает противовоспалительным, антимикробным и обезболивающим действием.

World Halal Trust ISO 22000 FSSC 22000

Tavsif

Antifaringit^(®) - og'iz bo'shlig'i mahalliy sanatsiyasi uchun maxsus antiseptik vosita, yallig'lanishga qarshi va mahalliy og'riq qoldiruvchi ta’sirga ega.
Alunit – kaliy va va alyuminiyning suvli sulfati, qadimdan antiseptik vosita sifatida qo’llaniladi. Zamonaviy tibbiyotda esa alunit eritmasi teri va shilliq qavatlarning zamburug’li va infeksion kasalliklarini (stomatit, gingvinit va teri kandidozi) davolashda qo’llaniladi. Alunit kuchli gidrofillik xususiyatiga ega, yallig’langan to’qimadagi va mikroorganizmlar hujayrasidagi suvni o’ziga tortib olib yallig’lanishga qarshi va antimikrob ta’sir ko’rsatadi. Turli mikroblarga va zamburg’larga qarshi keng ta’sir spektriga ega. Mahalliy qo'llanilganda og'iz bo'shlig'i shilliq qavatida to'qimalarga tez singib, yallig'lanishni bartaraf etadi. Alunit eritmasi - og'iz bo'shlig'i va tomoqdagi yallig'lanishlarda, milklarning shikastlanib qonashida samarali qo’llaniladi. Alunit eritmasi og’iz bo’shlig’i va tomoqning ba’zi virusli kasalliklarida ham (O’RK va O’RVI sabab yuzaga kelgan, laringit, tonzillit) yaxshi samara beradi. Alunit allergik reaktsiyalarni keltirib chiqarmaydi, shuning uchun bolalar, terisi ta’sirchan odamlar, homilador va emizikli ayollarda ham qo’llash imkonini beradi.
Evkalipt ekstrakti - kuchli antibakterial, dezinfektsiyalovchi, yallig'lanishga qarshi va yaralarni davolovchi ta'sirga ega. Teri va shilliq qavatlar infektsiyalari va yallig'lanish jarayonlarida faol samara beradi. Og’iz bo’shlig’i, milklar va tomoqdagi shikastlangan shilliq qavatlarini qayta tiklanishini tezlashtiradi.
Novokain gidroxloridi – o’rtacha anestetik faollik va keng terapevtik ta’sirga ega bo’lgan mahalliy anestetik. Kuchsiz asos sifatida natriy kanallarini to’sadi, sezgir nerv uchlarida og’riq impulslari paydo bo’lishiga va nerv tolalari bo’ylab o’tkazilishiga to’sqinlik qiladi. Nerv hujayralari membranalarida harakat potensialini o’zgartiradi. Nafaqat og’riq, balki boshqa impulslar o’tkazilishiga ham to’sqinlik qiladi..

Turli sabablarga ko’ra rivojlangan og’iz bo’shlig’i va tomoqning infeksion-yallig’lanishli kasalliklarida mahalliy qo’llash uchun;
stomatit, gingivit, glossit;
Tonzillit, faringit, laringit;
Og’iz bo’shlig’i shilliq qavati kandidozlarida;
So’lak bezlarining yallig’lanishlarida;
O’g’iz bo’shlig’idagi jarrohlik amaliyotlaridan so’ng (tonzillektomiya, tishlar va jag' suyagidagi amaliyotlar); og’iz boshlig’i shilliq qavati kuyib shikastlangandada;
Tishlarni olib tashlash muolajalaridan so’ng tiklanish davrida tavsiya etiladi;

Tarkib

10 ml eritmada – alunit 1000 mg; evkalipt ekstrakti 5 mg; novokain gidroxloridi 100mg. Yordamchi moddalar: distillangan suv, natriy benzoat.

Qo'llash usuli

10 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga 1 kunda 5-8 mahal og’iz bo’shlig’iga sepish tavsiya qilinadi. Bolalar uchun 1 kunlik maksimal qo’llash 5 mahalgacha.

Qarshi ko'rsatmalar

Индивидуальная непереносимость компонентов.

O'xshash preparatlar