SKU: XOS-029 · Спрей · 20 ml · Kurs 30 kun
Мягкий антисептический спрей для ухода за полостью рта и горлом у детей. Обладает противовоспалительным и антимикробным действием, помогает снизить раздражение и дискомфорт в горле.
Laringo forte^(®) - bolalarda og'iz bo'shlig'i mahalliy sanatsiyasi uchun maxsus antiseptik vosita, yallig'lanishga qarshi va mahalliy og'riq qoldiruvchi ta’sirga ega.
Alunit – kaliy va va alyuminiyning suvli sulfati, qadimdan antiseptik vosita sifatida qo’llaniladi. Zamonaviy tibbiyotda esa alunit eritmasi teri va shilliq qavatlarning zamburug’li va infeksion kasalliklarini (stomatit, gingvinit va teri kandidozi) davolashda qo’llaniladi. Alunit kuchli gidrofillik xususiyatiga ega, yallig’langan to’qimadagi va mikroorganizmlar hujayrasidagi suvni o’ziga tortib olib yallig’lanishga qarshi va antimikrob ta’sir ko’rsatadi. Turli mikroblarga va zamburg’larga qarshi keng ta’sir spektriga ega. Mahalliy qo'llanilganda og'iz bo'shlig'i shilliq qavatida to'qimalarga tez singib, yallig'lanishni bartaraf etadi. Alunit eritmasi - og'iz bo'shlig'i va tomoqdagi yallig'lanishlarda, milklarning shikastlanib qonashida samarali qo’llaniladi. Alunit eritmasi og’iz bo’shlig’i va tomoqning ba’zi virusli kasalliklarida ham (O’RK va O’RVI sabab yuzaga kelgan, laringit, tonzillit) yaxshi samara beradi. Alunit allergik reaktsiyalarni keltirib chiqarmaydi, shuning uchun bolalar, terisi ta’sirchan odamlar, homilador va emizikli ayollarda ham qo’llash imkonini beradi.
Evkalipt ekstrakti - kuchli antibakterial, dezinfektsiyalovchi, yallig'lanishga qarshi va yaralarni davolovchi ta'sirga ega. Teri va shilliq qavatlar infektsiyalari va yallig'lanish jarayonlarida faol samara beradi. Og’iz bo’shlig’i, milklar va tomoqdagi shikastlangan shilliq qavatlarini qayta tiklanishini tezlashtiradi.
Turli sabablarga ko’ra rivojlangan og’iz bo’shlig’i yallig’lanish kasalliklari: stomatit, gingivit, glossit;
Tonzillit, faringit, laringit;
Og’iz bo’shlig’i shilliq qavati kandidozlarida;
So’lak bezlarining yallig’lanishlarida;
O’g’iz bo’shlig’idagi jarrohlik amaliyotlaridan so’ng (tonzillektomiya, tishlar va jag' suyagidagi amaliyotlar); og’iz boshlig’i shilliq qavati kuyib shikastlangandada;
Tishlarni olib tashlash muolajalaridan so’ng tiklanish davrida tavsiya etiladi;
10 ml eritmada – alunit 500 mg; evkalipt ekstrakti 5 mg. Yordamchi moddalar: distillangan suv, natriy benzoat. tabiy aromatizator.
3 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 1 kunda 1-3 mahal og’iz bo’shlig’iga sepish tavsiya qilinadi. Bolalar uchun kunlik maksimal qo’llash 5 mahalgacha.
Индивидуальная чувствительность к компонентам.