← Katalogga qaytish
Pregbe
Ayollar salomatligi

Pregbe

SKU: XOS-050 · Капсулы · 30 dona · Kurs 30 kun

Форма выпуска: Капсулы №40, капсулы кишечнорастворимые с содержанием желатина, твердые, размер №00. Состав капсул: Желатин – 75,44 мг без красителей, имеет сертификат «Халяль».

World Halal Trust ISO 22000 FSSC 22000

Tavsif

Pregbe®- tarkibida bir-biriga nisbatan sinergik ta’sir ko’rsatuvchi angelika va orthiliya o’simliklari ekstraktlarini saqlaydi. Farmakologik xususiyatlari tarkibidagi ekstraktlar faolligi bilan namoyon bo’ladi.
Angelika ekstrakti (herbae angelicae archangelicae) – anjelika xalq orasida "ayollar jensheni" deb ataladi. Organizmdagi gormon retseptorlarining ayollar jinsiy gormoni - estrogenlarga nisbatan sezgirligini oshiradi va prostaglandinlar miqdorini muvozanatga soladi. Bu menopauzadagi ayollarda yuzaga keluvchi noxush alomatlarni kamaytirishga yordam beradi. Bundan tashqari, anjelika suyak hujayralarining parchalanishi va osteoporoz rivojlanishining oldini oladi, yallig'lanishga qarshi, spazmolitik va engil sedativ ta'sirga ega. Oshqozon-ichak trakti holatiga va ovqat hazm qilish jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek anjelika gematopoezni (qon hosil bo’lishini) stimullaydi, periferik qon aylanishini yaxshilaydi. Tarkibidagi ferul kislotasi va ligustilid moddalari qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, qonning quyuqligini kamaytiradi; kichik chanoq bo’shlig’ida qon aylanishini yaxshilaydi. Yallig'lanishga qarshi va va yumshoq diuretik xususiyatga ega. Anjelika engil sedativ va tinchlantiruvchi ta'siriga ega, asabiylashish va hissiy beqarorlikni yengillashtiradi. Bundan tashqari, anjelikaning biologik faol moddalari antiaritmik, antitrombotik va gipotenziv ta'sirlarga ham ega.
Orthilia ekstrakti (orthiliya secunda) – Ortilia secunda o’simligi xalq tabobatida yallig'lanishli ginekologik kasalliklarni davolashda 100 yillar mobaynida keng qo'llanilgan. Hozirda orthilia o’simligi tarkibidagi biologik faol moddalar ekstraksiya yo’li bilan ajratib olinib, siyidik ayirish va jinsiy tizimlarning turli kasalliklarida samarali qo’llaniladi. Orthiliya ekstrakti siydik haydovchi, yallig’lanishga qarshi va antibakterial ta'sirga ega. Shu sababli orthilia ekstrakti buyraklar, siydik yo’llari va siydik pufagidagi yallig'lanish jarayonlarida va ayollarda kichik chanoq bo’shlig’i a’zolarining yallig’lanishli kasalliklarida samarali ta’sir ko’rsatadi. Klinik tadqiqotlar asosida, orthilia ekstrakti bilan davolash, ayollar va erkaklar siydik ayirish tizimi hamda jinsiy tizim yallig'lanishli kasalliklarida davolash samarasini odatdagidan ikki barobarga oshirishi isbotlangan. Orthilia ekstrakti bepushtlik, bachadon bo'yni eroziyasi, hayz siklining buzilishi, bachadon miomasi, bachadon fibrozining ayniqsa og'ir qon ketishi bilan kechuvchi fibromiyomalarda muvaffaqiyatli qo'llaniladi. Orthiliya ekstraktining antiseptik va yallig'lanishga qarshi ta'siri tarkibidagi arbutin moddasining fermentlar va kislotalar ta'sirida gidrolizlanishi tufayli hosil bo’ladigan gidroxinonlarga bog'liq. Arbutin buyrak epiteliysini ta’sirlantirishi hisobiga diuretik (siydik haydovchi) xususiyatini ham namoyon qiladi. Orthilia ekstraktining terapevtik samarasi tarkibidagi boshqa flavonoidlar, taninlar va ularning gidroliz mahsulotlarining o'ziga xos ta'siri bilan ham kuchayadi.

Ayollar reproduktiv tizimini funksiyalarini yaxshilash, kichik chanoq bo’shlig’idagi yallig’lanish jarayonlarida antibiotik terapiyasining samarasini oshirsh maqsadida;
Klimakterik asabiy tarangliklarda, issiq quyilishlar bilan kechuvchi menopauzaning noxush belgilarini kamaytirishda;
Yallig’lanish bilan kechuvchi ginekologik kasalliklarda salpingit, adneksit (salpingoofarit), endometrioz, bachadon bo'yni eroziyasi, og'ir qon ketishi bilan kechuvchi fibromiomalarda;
Turli jarrohlik amaliyotlaridan keyin chandiqlanish jarayonlarini kamaytirish;
Buyraklar va siydik pufagidagi yallig'lanish jarayonlarida (pielonefrit, sistit, uretrit) diuretik va yallig’lanishga qarshi vosita sifatida qo’llaniladi, antibiotik terapiyasining samarasini oshiradi.
Homiladorlikni rejalashtirish davrida, follikullar yetilishini stimullash uchun;
Ayollar bepushtligi – idiopatik bepushtlik, nisbiy (vaqtinchalik) bepushtlik va psixologik bepushtliklarda;
Hayz oldi sindromida, hayz ko'rish davridagi og’riqlarda, hayz ko’rish davrining buzilishlarida;

Tarkib

1 kapsuladagi faol moddalar – angelika ekstrakti 300 mg, orthiliya ekstrakti 200 mg. Yordamchi moddalar: kraxmal, mkts, kalsiy stearat.

Qo'llash usuli

Pregbe® 1 kapsuladan 2 maxal ertalab va kechga, ovqatdan keyin 50 -100 ml suv bilan qabul qilinadi. Qabul qilish muddati 1 oydan 3 oygacha. Muolaja kursini takrorlash uchun shifokor bilan maslaxatlashilsin.

Qarshi ko'rsatmalar

preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, og'ir jigar va buyrak yetishmovchiligi, 18 yoshgacha bo'lgan bolalar.

O'xshash preparatlar